“AL-JABR” Xususiy Maktabining Yunusobod Filiali Sifatli Maktab Ta’limi va Sharqona Ta’limni Maxsus Narxda Taqdim Etadi

Bo'lajak IT Mutaxassislari va Moliyachilari Uchun O'rta Ma'lumot To'g'risidagi Attestatga Ega Bo'ling

Menejerimiz siz bilan bog‘lanishi uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring

Barcha ma'lumotlar maxfiy saqlanadi

NEGA HOZIRGI KUNDA TO’G’RI MAKTAB TA'LIMI VA MILLIY ANANALARGA HURMAT AKTUAL BO’LMOQDA?

Bugungi kunda maktablarda berilayotgan ta’limdan ko‘nglingiz to‘ladimi?

Farzandingiz maktabda individual yondashuv, samarali ta'lim dasturi bilan o'qishini xohlaysizmi? Lekin bundan ham muhimi, to'g'ri ta'lim olishi kerak. Shunday emasmi?

Qaysi maktab sifatli bilim hamda o‘zbek madaniyati va ma’naviy merosining barcha qoidalariga muvofiq ishonchli ta’lim beradi? Ko‘plab ota-onalarni shu kabi savollar bezovta qiladi…

Farzandingiz munosib ta’lim olishini istasangiz, asosiy fanlardan tashqari, ingliz, arab tillaridan ham chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak...

Farzandingiz sharqona urf-odatlar asosida tarbiyalanishini, madaniyatimiz va dinimizni hurmat qilishini, barcha fanlardan chuqur bilimga ega bo‘lishini va bundan tashqari, IT-mutaxassisi, moliyachi yoki buxgalter kasbini istasangiz...

Va ular oilaviy biznesni munosib davom ettira olishini, shu bilan birga, oilaviy kapitalni ham oshirishini istasangiz, unda ...

Maktabimizga xush kelibsiz!


Yunusobod tumanidagi filialimizda 1-sinfdan 8-sinfgacha qabul e’lon qildik, farzandlaringizni kutamiz.

FARZANDLARINGIZ NIMALARGA EGA BO‘LADI:

  • Davlat attestati

  • Sifatli ta'lim

  • IELTS 6,5 darajasiga qadar ingliz tilini chuqur o'rganish – haftasiga 10 soat

  • Pedagogik malakasini xorijiy mamlakatlarda oshirgan kadrlardan ta’lim

  • Har bir bola uchun o'rganishga individual yondashuv

  • Asosiy fanlar, shuningdek, vatan tarixi, urf-odatlari, an’analari va madaniyati bo‘yicha sifatli bilimga ega bo‘lish;

  • Xalqimizning asl qadriyatlarini singdirish

  • Universitetlarga kirish kafolati, maktabimizda 5-sinfdan boshlab o'qish sharti bilan

  • ICCI standartlariga muvofiq arab tili

  • Tanlash uchun kasblar: IT-mutaxassisi, buxgalter, moliyachi

  • Qiz va o'g'il bolalarni milliy va sharq qonunlari asosida tarbiyalash

  • Qo'shimcha ta'lim olish: boshlang'ich tibbiyot va tikuvchilik, qizlar uchun oshpazlik mahorati va bo'lajak erkaklar uchun uy-ro'zg'or ko'nikmalari (santexnika, elektr va boshqalar)

  • To'garaklar: "Robototexnika", "Shaxmat" va boshqalar

  • Kasbga yo'naltirish uchun turli tematik ekskursiyalar

  • Yiliga 2 marta tibbiy nazorat va klinik ko'rik

  • Moliyaviy savodxonlik va intizom ko'nikmalari

  • Motivatsiya, maqsad qo‘yish va muvaffaqiyatga intilish bo‘yicha saboqlar

  • 7-sinfgacha bolalar bilan uy vazifasini bajarish

  • Kuniga 3 mahal ovqatlanish

  • Maktab ichida xavfsizlik (videokuzatuv va qo‘riqlash)

TALABALARIMIZNING OTA-ONALARINING BIZ HAQIMIZDA FIKRI

Madina

35 yosh

O‘g‘limni qarindoshlar tavsiyasi bilan “Al-Jabr” maktabiga topshirdim. Ularning farzandlari shu maktabda o‘qiydi va ular juda xursand. O‘g‘lim yaxshi tomonga o‘zgardi, o‘ziga ishongan, fe’l-atvori yaxshilanib, zavq bilan o‘qishni boshladi, bu juda quvonarli. Endi yaxshi martaba uchun ingliz tili va iqtisodiy bilim kerak. Ishonchim komilki, bu maktab sizga kerak bo'lgan hamma narsani beradi. Men “Al-Jabr” maktabi direktori va xodimlariga bolalar va ota-onalarga muhim hayotiy ko‘nikmalarni bergani uchun juda minnatdorman.

Fazliddin

42 yosh

Ikki farzandim “Al-Jabr” maktabida o‘qiydi. Oradan bir oy o‘tib rafiqam bilan farzandlarimizning xulq-atvori yaxshilanganini payqadik, ularda o‘qishga ishtiyoq paydo bo‘ldi, bilimlari yaxshi, ingliz tilida gaplasha boshladilar, arab tilidan dars olishdi. Farzandlarim sertifikatdan tashqari dasturchi va buxgalterlik kasblarini ham egallashidan juda xursandman. Bu bizning zamonamizda juda zarur kasblar. Maktabda ta’lim urf-odatlarimizda berilgani, o‘g‘il-qizlarga uy xo‘jaligini yuritish o‘rgatilgani va ular hamma narsaga qodir bo‘lishi menga juda manzur bo‘ldi. Bu ishonch va hurmatga loyiqdir. Men bolalarim uchun xotirjamman.

Mirfozil

55 yosh

Kichik qizimni “Al-Jabr” maktabiga topshirdim. Kattaroq bolalarimga bunday ta’lim va tarbiya berishning iloji bo‘lmaganidan afsusdaman. Qizim juda ko'p narsani biladi, u bilan faxrlanaman va o'qituvchilardan bunday o'qishni tashkil qilgani uchun juda minnatdorman. Bu maktab yaxshi bilim beradi, moliyaviy savodxonlikni o‘rgatadi, o‘zbek urf-odatlarimiz asosida ta’lim beriladi. Qizim tikuvchilikni, pazandalikni o‘rgandi, buxgalteriya hisobini biladi, maktabga zavq bilan boradi. Farzandlarining baxtli kelajagi uchun sarmoya kiritishga tayyor ota-onalarga “Al-Jabr”ni tavsiya qilaman.

MAKTABIMIZ SIZGA TO‘G’RI KELMAYDI, AGAR:

  • Sifatli bilimni maktabda ham, repetitor yollab ham egallash imkoni bor, deb o‘ylasangiz

  • Farzandingiz maktabda qanday ta’lim olishi siz uchun muhim emas, chunki oiladagi tarbiya yetarli, deb o‘ylasangiz

  • Farzandingiz bilan ishlamasligi, uni pullik ta'limga kiritmaslik kerak deb o'ylasangiz va barcha mas'uliyatni maktab o'qituvchilariga topshirishga tayyormiz, degan fikrda bo‘lsangiz

  • Farzandingizga maktab o‘quv dasturi doirasidagi bilimlardan tashqari ko‘nikmalarni olish ortiqcha desangiz

  • Siz ta'limning davlat umumta'lim platformasini afzal ko'rsangiz

TASAVVUR QILING…

Farzandingiz psixologik jihatdan sog'lom muhitda o'sadi, bu yerda unga nafaqat yuqori sifatli bilim beriladi, balki o'zini tushunishga, hayotda maqsadlar qo'yishga va eng foydali ko'nikmalarni olishga o'rgatiladi.

Tajribali professional o'qituvchilar bolalarga kerakli bilim beradi, har bir bolaga malakali yondashuvni topadi, unga maqsadlar qo'yish va ularga erishishga o'rgatadi.

Farzandingiz maktab mashg'ulotlaridan tashqari xo‘jalik ishlari bilan shug'ullanadi, qizlar tikuvchilikni, ovqat pishirishni va birinchi yordam ko'rsatishni o'rganadilar. O‘g‘il bolalar esa, santexnika va elektr jihozlarini ta’mirlashni o‘rganishadi, umuman olganda, ular xo‘jalik yumushlarini uddalay oladigan erkak bo‘ladi.

Siz uning ovqatlanishi va xavfsizligi haqida tashvishlanmaysiz. Biz sizni bu tashvishlardan xalos qilamiz.

Farzandingiz sifatli bilimlarni, jumladan, ingliz va arab tillarini ham o‘rganadi hamda kerakli kasblardan birini egallaydi. ACCA xalqaro standartlari bo‘yicha malakali moliyachi, buxgalter yordamchisi bo‘lishi yoki kompyuter dasturlari, veb-saytlar yarata olishi mumkin.

Milliy an’analarimiz asosida, sharqona urf-odat va tamoyillarga hurmat asosida tarbiyalangan farzandingiz butun oilangizning faxriga aylanadi! Siz bilan birgalikda biz farzandlarimizning rivojlanishi, ta'lim va tarbiyasiga munosib hissa qo'shamiz!

SHUBHA QILISH – BU ODDIY HOL

Albatta, sizda shubhalar bo'lishi mumkin va buni tushunsa bo‘ladi.

Farzandingizni xususiy maktablardan biriga yuborib ko‘rgansiz va kutilmalaringizga erisholmagandirsiz?

Hamma maktablar ham o‘z va’dalarini bajarmayotgani, xizmat ko‘rsatish darajasi talabga javob bermasligi sabab boshqa maktablardagi ta’limdan norozi ota-onalar ko‘pincha bizga murojaat qilishadi.

Ehtimol, siz farzandingiz uchun mablag’ to'plash orqali uning kelajagini mustahkamlab qo‘yganman deb o‘ylarsiz?

Ammo farzandingiz kelajakda nafaqat oilaviy kapitalni saqlab qolishi, balki oshirishi uchun unga zarur bilim, moliyaviy savodxonlik, to'g'ri maqsad qo'ya bilish, intizom, o'ziga ishonch va qat'iyat ham kerak.

“AL-JABR” maktabining ta’lim va tarbiya tamoyillari berilayotgan va‘dalar amalda ham ko‘rsatilishidan iborat!

Sizni maktabimizga kelib, hammasini o'z ko'zingiz bilan ko'rishga taklif qilamiz. Shuningdek, bizga o'z farzandlarini ishonib topshirgan ota-onalar bilan suhbatlashiladi.

Biz bolalarni maktabga qabul qilishda aytganlarimizni kafolatlash uchun barcha sa'y-harakatlarimizni qilamiz.

MAKTABIMIZDA TA'LIM VA TARBIYA QANCHA?

Oylik narxi: 4 000 000 so'm

Ammo bizda ajoyib taklif bor!

U quyidagicha:

  • Uch farzand uchun yillik to‘lov bilan siz 12 000 000 so‘m o‘rniga 7 900 000 so‘m to‘laysiz.

  • Ikki farzand uchun yillik to‘lov qilganingizda 8 000 000 so‘m o‘rniga 6 000 000 so‘m to‘laysiz.

  • Ikki bola uchun oyiga 8 000 000 so‘m, uchinchisi uchun esa, 4 000 000 so‘m o‘rniga 2 000 000 so‘m to‘laysiz.

Farzandingizning sifatli ta’lim va to‘g‘ri tarbiyasi, tegishli kasblarga ega bo‘lish imkoniyati sizni qiziqtirayotgan bo‘lsa, “AL-JABR” xususiy maktabining Yunusobod filiali eshiklari siz uchun doim ochiq!

+998 55 500 84 85

© 2022 Al-jabr | ALL RIGHTS RESERVED.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.